Savdo Nazorat
Kirish Boshlash
2 hafta bepul — karta talab qilinmaydi Vazifalarni bajaring — bonus kunlar oling

Do‘koningiz hisobini
bitta joydan yuriting

Savdo, ombor qoldig‘i, haridorlar va nasiya — hammasi bir tizimda. Daftar va Excel fayllari o‘rniga.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Hech narsa o‘rnatilmaydi
  • Telefon va kompyuterda

Savollar bo‘lsa: +998884591419

Kompyuter va telefon uchun

Ilovani o‘rnating — chek bir bosishda chiqadi

Savdo Nazorat brauzerda ham ishlaydi. Ilova bilan esa kassa yanada tez: chek printerini o‘zi topadi, chek oynasiz chiqadi, telefonda esa internet uzilsa ham sotuvni davom ettirasiz.

Kompyuter uchun

Windows 10 / 11
Sizga mos
  • To‘lovdan keyin chek o‘zi chiqadi — oynasiz
  • Chek printerini o‘zi topadi, sozlash shart emas
  • O‘zi yangilanadi
Bepul yuklab olishWindows uchun

Telefon uchun

Android
Sizga mos
  • Bluetooth va USB chek printerlari
  • Internet yo‘q paytda ham sotish
  • Hisobot, qarz va qoldiq — cho‘ntagingizda
Yuklab olingGoogle Play

Nimalar qila olasiz

Do‘kon ishini yuritish uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa.

Savdo bir necha soniyada

Mahsulotni nomi yoki kodi bo‘yicha topasiz, miqdorni kiritasiz — buyurtma tayyor. Chekni darhol chop etasiz.

Qoldiq o‘zi hisoblanadi

Har sotuvda ombordan ayiriladi. Mahsulot tugab qolsa ertalab ogohlantirish keladi — mijoz kelganda "yo‘q ekan" demaysiz.

Nasiya nazorat ostida

Kim qancha qarzdor, qachondan beri — bitta ro‘yxatda. To‘lov qabul qilasiz, qarz o‘zi kamayadi.

Kunlik hisobot

Qancha sotdingiz, kunning qaysi qismida savdo jonlanadi, qaysi mahsulot yaxshi ketyapti — hammasi bitta ekranda.

Xodimlar va huquqlar

Har bir sotuvchi o‘z hisobidan kiradi. Kim nima sotgani ko‘rinib turadi, sotuvchi esa faqat o‘zinikini tahrirlaydi.

Ta‘minotchilar va qarzimiz

Kimdan qancha mol keldi, kimga qancha qarzingiz bor — har kirim, to‘lov va qaytarilgan mol bilan. To‘lovni kassadan berib, izoh yozib qo‘yasiz.

Bir nechta filial

Har filialning qoldig‘i, savdosi va kassasi alohida yuritiladi, egasi esa hammasini bitta panelda solishtiradi.

Onlayn do‘kon

Mahsulotlaringizga ochiq havola: haridor narx va qoldiqni ko‘rib, buyurtma beradi — buyurtma darhol sizga keladi.

Telefonda ham ishlaydi

Kompyuter, planshet yoki telefon — farqi yo‘q. Hech narsa o‘rnatish shart emas, brauzer yetarli.

Qaysi do‘konlarga mos

Mol sotiladigan har qanday do‘kon: donalab, qutilab, kilogramm, litr yoki metrlab — har bir mahsulot o‘z o‘lchov birligida hisoblanadi.

Kanselyariya Oziq-ovqat Qurilish mollari Kiyim-kechak Avtoehtiyot qismlar Xo‘jalik mollari Telefon va aksessuar Ulgurji savdo

Daftar bilan solishtiring

Daftar arzon — lekin har kuni vaqtingizni oladi va xatoni kechirmaydi.

Daftar Savdo Nazorat
Qoldiqni bilish Javonni sanab chiqish kerak Har sotuvda o‘zi hisoblanadi
Nasiya Daftar yo‘qolsa — qarz ham yo‘qoladi Kim, qancha, qachondan — bitta ro‘yxatda
Kunlik tushum Kechqurun kalkulyatorda qo‘shish Hisobot panelida tayyor
Xodimlar nazorati Kim nima sotgani noma’lum Har buyurtmada kim kiritgani yozilgan
Tugayotgan mol Mijoz so‘raganda bilinadi Oldindan ogohlantirish keladi
Ta‘minotchiga qarz Kimga qancha — esda yoki daftar orasida Har kirim va to‘lov bilan, aniq summa

Qanday boshlanadi

1

Ro‘yxatdan o‘tasiz

Do‘kon nomi, ismingiz, telefon va parol, keyin tarif — ikki qadam, bir-ikki daqiqalik ish.

2

Mahsulotlarni yuklaysiz

Excel faylini bir marta yuklaysiz yoki bittalab qo‘shasiz. Ta‘minotchilarni ham kiritib qo‘yasiz.

3

Ishlay boshlaysiz

Sotuvchilarni qo‘shasiz va birinchi buyurtmani kiritasiz.

Har qadam uchun bonus kunlar

Dasturdan foydalanib borgan sari obuna muddatiga bepul kunlar qo‘shiladi. Hammasi do‘kon egasining kabinetidagi «Bonuslarim» sahifasida ko‘rinadi.

Bizga qo‘shiling

Bir martalik, bir tugma bilan.
  • Instagram sahifamizga obuna bo‘ling +10 kun
  • Telegram botni ulang +10 kun
  • Telefon ilovasini o‘rnatib kiring +10 kun

Boshlang‘ich vazifalar

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi 30 kun ichida.
  • 20 ta mahsulot qo‘shing +3 kun
  • 10 ta mahsulotga kelish narxini kiriting +3 kun
  • 10 ta sotuv qiling +3 kun
  • Xodim qo‘shing +3 kun

Doimiy mijozlarga

Biz bilan qolganingiz uchun rahmat.
  • Muddati tugamasdan uzaytiring +10 kun
  • Har yili to‘lov qilganingizda sovg‘a +10 kun
  • Qaytsangiz — qaytish taklifi +10 kun
  • Mijozlarimizga bayram uchun bonuslar Bonus

Do‘stingizni taklif qiling: u shu kod bilan ro‘yxatdan o‘tib to‘lov qilsa — sizga ham bonus kunlar beriladi.

Video yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tishdan obuna to‘lovigacha — har bir ish qisqa videoda: qaysi bo‘limga kirish, qaysi tugmani bosish, nima yozish — qadamma-qadam. Kerakli mavzuni tanlang.

1 Bosh sahifada «Boshlash» yoki «Bepul boshlash» tugmasini bosing.
1 / 6
  1. Ro‘yxatdan o‘tish
  2. Bosh sahifada «Boshlash» yoki «Bepul boshlash» tugmasini bosing.
  3. 1-qadam «Do‘kon ma’lumotlari»: do‘kon nomi, ismingiz va telefon raqamingizni yozing.
  4. Email (ixtiyoriy), login va parolni ikki marta yozib, «Keyingisi»ni bosing.
  5. 2-qadam «Tarif va birliklar»: muddatni va tarifni tanlang — bepul sinov yoki pullik tarif.
  6. «Nimalarda savdo qilasiz?» — birliklarni belgilang, «Xizmat shartlariga roziman» va «Ro‘yxatdan o‘tish».
  7. «Tayyor!» Bepul sinovda darhol «Tizimga kirish». Pullik tarifda karta raqami chiqadi — summani o‘tkazib, kabinetda chekni yuklaysiz.
  1. Mahsulotlarni kiritish
  2. «Mahsulotlar» bo‘limini oching.
  3. Bittalab: «Mahsulot qo‘shish» — nomi, narxi, qoldig‘i va (xohlasangiz) ta‘minotchisini yozib saqlang.
  4. Ko‘p bo‘lsa: «Fayldan yuklash» orqali Excel ro‘yxatini bir yo‘la kiriting.
  5. «Minimal qoldiq»ni belgilang — mahsulot shundan kamaysa ogohlantirish keladi.
  1. Savdo qilish
  2. «Buyurtmalar» bo‘limida «Buyurtma kiritish»ni bosing.
  3. Haridorni ro‘yxatdan tanlang yoki yangisini yozing.
  4. «+ Mahsulot» — nomi yoki kodi bo‘yicha topib, sonini kiriting.
  5. «Chek» tugmasi bilan chop eting. Ombor qoldig‘i o‘zi kamayadi.
  1. Nasiya (qarz) yuritish
  2. «Qarzdorlar» bo‘limida «Qarz qo‘shish»ni bosing.
  3. Haridor, summa, izoh va (xohlasangiz) qaytarish muddatini yozing.
  4. Pul olib kelganda — «To‘lov» yoki qarz qatoridagi «Qarzni yopish».
  5. Kim qancha va qachondan beri qarzdor — ro‘yxatda doim ko‘rinib turadi.
  1. Ta‘minotchidan kirim
  2. «Ta‘minotchilar» bo‘limida «Ta‘minotchi» tugmasi — nomi va telefonini yozib saqlang.
  3. «Yangi kirim»: ta‘minotchini tanlang, «Mahsulot» tugmasi bilan kelgan mollarni soni va kelish narxi bilan qo‘shing.
  4. «3. To‘lov» qismiga hozir qancha berganingizni yozing — qolgani qarzingizga yoziladi.
  5. «Kirimni saqlash» — qoldiq o‘zi ortadi, ta‘minotchiga qarzingiz ro‘yxatda ko‘rinadi.
  1. Ta‘minotchiga to‘lov va qaytarish
  2. «Ta‘minotchilar» ro‘yxatida kimga qancha qarzingiz bor — kerakli ta‘minotchini oching.
  3. «To‘lov qilish»: summa va izoh yozing. «Kassadan berildi» belgilansa, kassadan ham chiqim yoziladi.
  4. Mol qaytarish: «Qaytarish» — qaytariladigan miqdorni yozing, summasi qarzingizdan ayiriladi.
  5. «Hisob-kitob» daftarida har bir kirim, to‘lov va qaytarish sanasi va izohi bilan turadi.
  1. Haridordan molni qaytarib olish
  2. Buyurtma sahifasida «Qaytarish» tugmasini bosing.
  3. Qaytariladigan sonni kiriting va mol holatini tanlang: javonga qaytadimi yoki yaroqsizmi.
  4. Pul qanday qaytishini belgilang: naqd, qarzidan ayirib yoki pulsiz.
  5. Buyurtmasiz qaytarish uchun: «Qaytarish» → «Yangi qaytarish».
  1. Xodim qo‘shish
  2. «Ishchilar» bo‘limida yangi ishchi qo‘shing.
  3. Rolini tanlang: bosh menejer hammasini boshqaradi, sotuvchi — faqat o‘z savdosini.
  4. Login va parolni xodimga bering — u o‘z telefonidan kiradi.
  5. Buyurtmalar ro‘yxatida har birini kim kiritgani ko‘rinib turadi.
  1. Hisobot va kassa
  2. «Hisobot paneli» — tushum, buyurtmalar, foyda va tugayotgan mahsulotlar.
  3. «Kassa» — kun davomidagi kirim va chiqim.
  4. «Hisobdan chiqarish» — buzilgan yoki yo‘qolgan molni qoldiqdan ayirish.
  5. Tepadagi sana maydonidan davrni tanlang: bugun, kecha, joriy oy yoki istalgan oraliq.
  1. Obuna uchun to‘lov
  2. Kabinetda «Obuna va to‘lov» bo‘limini oching — tarif va muddat qachon tugashi shu yerda.
  3. Muddatni tanlang (uzoq muddat — chegirma bilan) va kerakli tarifda «Tanlash»ni bosing.
  4. «Summani o‘tkazing»: ko‘rsatilgan summani kartaga o‘tkazing — raqamni «Nusxalash» bilan olasiz.
  5. «Chekni yuklang»: chek rasmini tanlang, izohga o‘tkazma vaqtini yozib «Tekshirishga yuborish»ni bosing.
  6. «Tasdiq kutilmoqda» — to‘lov tasdiqlangach obuna o‘zi uzayadi va bo‘limlar darhol ochiladi.

Ba’zi bo‘limlar (masalan, kassa, ta‘minotchilar, filiallar) tanlangan tarifga bog‘liq. Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling: +998884591419

Tariflar

Har bir tarifda o‘z imkoniyatlari bor. Uzoqroq muddat oyiga arzonroq tushadi — tarifni keyin ham istalgan vaqt almashtirasiz.

Bepul
Bepul sinov
Karta va to‘lov so‘ralmaydi
0 so‘m
2 hafta davomida
  • Biznes tarifining barcha imkoniyatlari
  • Ro‘yxatdan o‘tgan zahoti ishlashni boshlaysiz
  • Ma’lumotlaringiz saqlanadi — keyin tarif tanlab davom etasiz
Bepul boshlash
Standart
Yakka savdo nuqtasi uchun eng zarur imkoniyatlar
99 000 so‘m
oyiga 99 000 so‘m
  • 2 ta ishchi
  • 500 ta mahsulot
  • 1 000 ta mijoz
  • Qarzdorlar bo‘limi
  • Kengaytirilgan tahlil
  • Kalkulator (oddiy)
  • PDF va chop etish
  • Havola orqali hisobot
  • va yana 1 ta imkoniyat
Tanlash
Eng ko‘p imkoniyat
Premium
Limitsiz va barcha imkoniyatlar ochiq
249 000 so‘m
oyiga 249 000 so‘m
  • Limitsiz ishchi
  • Limitsiz mahsulot
  • Limitsiz mijoz
  • Qarzdorlar bo‘limi
  • Kassa (kirim-chiqim)
  • Onlayn do‘kon
  • Filiallar
  • Ta‘minotchilar va kirim
  • va yana 13 ta imkoniyat
Tanlash

Ko‘p so‘raladigan savollar

Ma’lumotlarimni qanday kiritaman?

Mahsulotlarni bittalab qo‘shsangiz ham bo‘ladi, lekin Excel yoki CSV faylini bir marta yuklab, hammasini birdan kiritish tezroq.

Bir nechta xodim bir vaqtda ishlay oladimi?

Ha. Har bir sotuvchi o‘z login va paroli bilan kiradi, bir vaqtda ishlashi mumkin. Qoldiq hammasida bir xil va to‘g‘ri bo‘lib turadi.

Muddat tugasa ma’lumotlarim o‘chib ketadimi?

Yo‘q. Muddat tugasa bir necha kun faqat ko‘rish rejimi qoladi, keyin kirish yopiladi — lekin mahsulot, haridor va buyurtmalaringiz joyida turadi. To‘lov qilganingizdan keyin hammasi o‘z holiga qaytadi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Hisobingizni to‘ldirasiz: ko‘rsatilgan kartaga o‘tkazib, chek rasmini saytda yoki Telegram botimizda yuborasiz. Tasdiqlangach summa do‘kon hisobiga tushadi, tarifni esa hisobdan bir tugma bilan faollashtirasiz.

Do‘stimni taklif qilsam nima bo‘ladi?

Sizga tavsiya kodingiz beriladi. Tanishingiz shu kod bilan ro‘yxatdan o‘tib to‘lov qilsa — sizga bonus kunlar beriladi.

Bonus kunlarni qanday olaman?

Instagram sahifamizga obuna bo‘lsangiz, Telegram botni ulasangiz, telefon ilovasini o‘rnatib kirsangiz, boshlang‘ich vazifalarni bajarsangiz va obunani muddatidan oldin uzaytirsangiz, obuna muddatingizga bepul kunlar qo‘shiladi. Ro‘yxat kabinetdagi «Bonuslarim» sahifasida turadi.

Ta’minotchilarga qarzimni ham yuritsa bo‘ladimi?

Ha. «Ta’minotchilar» bo‘limida har bir kirim qarzingizga yoziladi, to‘lov va qaytarilgan mol undan ayiriladi. Kimga qancha qarzingiz borligi bitta ro‘yxatda, har bir ta’minotchining hisob-kitob daftari esa sanasi va izohi bilan turadi.

Bir nechta do‘konim (filialim) bor. Mos keladimi?

Ha. «Filiallar» bo‘limida har birini qo‘shasiz: qoldiq, savdo va kassa har filialda alohida yuritiladi, sotuvchi faqat o‘z filialida ishlaydi, egasi esa hammasini birga ko‘radi. Bu imkoniyat tarifga bog‘liq.

Kompyuterga dastur o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Tizim brauzerda ishlaydi — telefon, planshet yoki kompyuterda saytga kirib, login va parolingizni yozasiz, xolos.

Mollarim donalab emas, kilogramm yoki metrlab sotiladi. Mos keladimi?

Ha. Har bir mahsulotga o‘z o‘lchov birligini berasiz: dona, quti, karopka, kilogramm, litr, metr va boshqalar. Qoldiq va savdo shu birlikda hisoblanadi.

Bugundan boshlang

2 hafta bepul sinab ko‘ring — karta ham, shartnoma ham kerak emas.

Ro‘yxatdan o‘tish

Yoki qo‘ng‘iroq qiling — ko‘rsatib beramiz: +998884591419

Bepul boshlash