Kompyuter uchun
Windows 10 / 11- To‘lovdan keyin chek o‘zi chiqadi — oynasiz
- Chek printerini o‘zi topadi, sozlash shart emas
- O‘zi yangilanadi
Savdo, ombor qoldig‘i, haridorlar va nasiya — hammasi bir tizimda. Daftar va Excel fayllari o‘rniga.
Savollar bo‘lsa: +998884591419
Savdo Nazorat brauzerda ham ishlaydi. Ilova bilan esa kassa yanada tez: chek printerini o‘zi topadi, chek oynasiz chiqadi, telefonda esa internet uzilsa ham sotuvni davom ettirasiz.
Do‘kon ishini yuritish uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa.
Mahsulotni nomi yoki kodi bo‘yicha topasiz, miqdorni kiritasiz — buyurtma tayyor. Chekni darhol chop etasiz.
Har sotuvda ombordan ayiriladi. Mahsulot tugab qolsa ertalab ogohlantirish keladi — mijoz kelganda "yo‘q ekan" demaysiz.
Kim qancha qarzdor, qachondan beri — bitta ro‘yxatda. To‘lov qabul qilasiz, qarz o‘zi kamayadi.
Qancha sotdingiz, kunning qaysi qismida savdo jonlanadi, qaysi mahsulot yaxshi ketyapti — hammasi bitta ekranda.
Har bir sotuvchi o‘z hisobidan kiradi. Kim nima sotgani ko‘rinib turadi, sotuvchi esa faqat o‘zinikini tahrirlaydi.
Kimdan qancha mol keldi, kimga qancha qarzingiz bor — har kirim, to‘lov va qaytarilgan mol bilan. To‘lovni kassadan berib, izoh yozib qo‘yasiz.
Har filialning qoldig‘i, savdosi va kassasi alohida yuritiladi, egasi esa hammasini bitta panelda solishtiradi.
Mahsulotlaringizga ochiq havola: haridor narx va qoldiqni ko‘rib, buyurtma beradi — buyurtma darhol sizga keladi.
Kompyuter, planshet yoki telefon — farqi yo‘q. Hech narsa o‘rnatish shart emas, brauzer yetarli.
Mol sotiladigan har qanday do‘kon: donalab, qutilab, kilogramm, litr yoki metrlab — har bir mahsulot o‘z o‘lchov birligida hisoblanadi.
Daftar arzon — lekin har kuni vaqtingizni oladi va xatoni kechirmaydi.
Do‘kon nomi, ismingiz, telefon va parol, keyin tarif — ikki qadam, bir-ikki daqiqalik ish.
Excel faylini bir marta yuklaysiz yoki bittalab qo‘shasiz. Ta‘minotchilarni ham kiritib qo‘yasiz.
Sotuvchilarni qo‘shasiz va birinchi buyurtmani kiritasiz.
Dasturdan foydalanib borgan sari obuna muddatiga bepul kunlar qo‘shiladi. Hammasi do‘kon egasining kabinetidagi «Bonuslarim» sahifasida ko‘rinadi.
Do‘stingizni taklif qiling: u shu kod bilan ro‘yxatdan o‘tib to‘lov qilsa — sizga ham bonus kunlar beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishdan obuna to‘lovigacha — har bir ish qisqa videoda: qaysi bo‘limga kirish, qaysi tugmani bosish, nima yozish — qadamma-qadam. Kerakli mavzuni tanlang.
Ba’zi bo‘limlar (masalan, kassa, ta‘minotchilar, filiallar) tanlangan tarifga bog‘liq. Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling: +998884591419
Har bir tarifda o‘z imkoniyatlari bor. Uzoqroq muddat oyiga arzonroq tushadi — tarifni keyin ham istalgan vaqt almashtirasiz.
Mahsulotlarni bittalab qo‘shsangiz ham bo‘ladi, lekin Excel yoki CSV faylini bir marta yuklab, hammasini birdan kiritish tezroq.
Ha. Har bir sotuvchi o‘z login va paroli bilan kiradi, bir vaqtda ishlashi mumkin. Qoldiq hammasida bir xil va to‘g‘ri bo‘lib turadi.
Yo‘q. Muddat tugasa bir necha kun faqat ko‘rish rejimi qoladi, keyin kirish yopiladi — lekin mahsulot, haridor va buyurtmalaringiz joyida turadi. To‘lov qilganingizdan keyin hammasi o‘z holiga qaytadi.
Hisobingizni to‘ldirasiz: ko‘rsatilgan kartaga o‘tkazib, chek rasmini saytda yoki Telegram botimizda yuborasiz. Tasdiqlangach summa do‘kon hisobiga tushadi, tarifni esa hisobdan bir tugma bilan faollashtirasiz.
Sizga tavsiya kodingiz beriladi. Tanishingiz shu kod bilan ro‘yxatdan o‘tib to‘lov qilsa — sizga bonus kunlar beriladi.
Instagram sahifamizga obuna bo‘lsangiz, Telegram botni ulasangiz, telefon ilovasini o‘rnatib kirsangiz, boshlang‘ich vazifalarni bajarsangiz va obunani muddatidan oldin uzaytirsangiz, obuna muddatingizga bepul kunlar qo‘shiladi. Ro‘yxat kabinetdagi «Bonuslarim» sahifasida turadi.
Ha. «Ta’minotchilar» bo‘limida har bir kirim qarzingizga yoziladi, to‘lov va qaytarilgan mol undan ayiriladi. Kimga qancha qarzingiz borligi bitta ro‘yxatda, har bir ta’minotchining hisob-kitob daftari esa sanasi va izohi bilan turadi.
Ha. «Filiallar» bo‘limida har birini qo‘shasiz: qoldiq, savdo va kassa har filialda alohida yuritiladi, sotuvchi faqat o‘z filialida ishlaydi, egasi esa hammasini birga ko‘radi. Bu imkoniyat tarifga bog‘liq.
Yo‘q. Tizim brauzerda ishlaydi — telefon, planshet yoki kompyuterda saytga kirib, login va parolingizni yozasiz, xolos.
Ha. Har bir mahsulotga o‘z o‘lchov birligini berasiz: dona, quti, karopka, kilogramm, litr, metr va boshqalar. Qoldiq va savdo shu birlikda hisoblanadi.
2 hafta bepul sinab ko‘ring — karta ham, shartnoma ham kerak emas.
Ro‘yxatdan o‘tishYoki qo‘ng‘iroq qiling — ko‘rsatib beramiz: +998884591419